Erdo‘g‘an: Turkiya siyosiy va iqtisodiy jihatdan dunyoning yuqori ligasiga qadam bosish arafasida

Prezident Erdo‘g‘an Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan matbuot anjumani uyushtirdi.

1674469
Erdo‘g‘an: Turkiya siyosiy va iqtisodiy jihatdan dunyoning yuqori ligasiga qadam bosish arafasida

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Turkiya siyosiy va iqtisodiy jihatdan dunyoning yuqori ligasiga qadam bosish arafasida ekanini bildirdi.

Prezident Erdo‘g‘an Vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan matbuot anjumani uyushtirdi.

Erdo‘g‘an o‘z nutqida yangi turdagi koronavirusga (Covid-19) qarshi kurash masalasiga to‘xtalgan holda,

“Emlash faoliyatlari tezlashdi. Umumiy emlashlar soni qariyb 59 millionga yetdi”. - dedi.

Turizm tarmog‘ining jadal tusda xizmat berayotgani, ishlab chiqarish va eksporda hech qanday muammoning yo‘qligini ta’kidlagan Erdo‘g‘an:

“2021-yili eksport raqamini 200 milliard dollardan ortiq qayd etish orqali rekord o‘rnatamiz”. – deya gapirdi.

2021-yili Turkiya erishadigan o‘sish nisbati orqali dunyoning rivojlanayotgan iqtisodiyoti ekanini isbotlashini ifoda etgan Ero‘g‘an:

“Buyuk va qudratli Turkiyani barpo etish yo‘lida iqtisodiyotda ham qat’iy qadamlar tashlamoqdamiz”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Erdo‘g‘an:

“Endilikda Turkiya siyosiy va iqtisodiy jihatdan dunyoning eng yuqori ligasiga qadam qo‘yish arafasida. Bugungi kundagi loyihalarni yo‘lga qo‘yganimizda buyuk va kuchli Turkiyani butunlay inshoo etgan bo‘lamiz”. – dedi.

Tinchlik va erkinlik bayrami munosabati bilan 20 – iyul kuni Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga tashrif uyushtirishini ham qayd etgan Erdo‘g‘an:

“Butun dunyoga ShKTRning haq va adolat payida yonida ekanimizni ham yetkazamiz”. – dedi.

 



Aloqador xabarlar