Al Sabah Turkiya prezidenti Erdo’g’anga bo’lgan cheksiz hurmatini tilga oldi

Turkiya prezidenti Erdo’g’anga Quvaytga ko’rsatgan barcha yordamlari, qo’llab-quvvatlovi uchun minnatdorlik bildirgan Al Sabah: “Erdo’g’an mard inson. Unga hurmatimiz juda baland”,-dedi.

1674745
Al Sabah Turkiya prezidenti Erdo’g’anga bo’lgan cheksiz hurmatini tilga oldi

 

Quvayt amiri vakili va valiahd shahzoda Shayh Mash’al Al Jobir Al Sabah Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’anga bo’lgan cheksiz hurmatini tilga oldi.

Quvayt rasmiy xabar agentligi KUNA xabar berishicha, kecha, 12-iyul kuni Quvayt amiri vakili va valiahd shahzoda Shayh Mash’al Al Jobir Al Sabah Bayon saroyida rasmiy tashrif bilan mamlakatda bo’lib turgan Turkiya parlamenti rahbari Mustafo Shento’p boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Valiahd shahzoda Al Sabah uchrashuvda Qatar va Turkiya o’rtasidagi qardoshlik aloqalariga e’tibor qaratdi.

Turkiya prezidenti Erdo’g’anga Quvaytga ko’rsatgan barcha yordamlari, qo’llab-quvvatlovi uchun minnatdorlik bildirgan Al Sabah: “Erdo’g’an mard inson. Unga hurmatimiz juda baland”,-dedi.

1990 yilda Iroq Quvaytni ishg’ol qilganda Turkiyaning bunga nisbatan pozitsiyasini eslatgan Al Sabah shunday dedi:

“Otashin xalqi va qadimiy madaniyatga ega bo’lgan bu mamlakatning sodiq pozitsiyalarga ega bo'lishi ajablanarli emas. Biz o'z minnatdorligimizni takror tilga olmoqchimiz. Quvayt o'z birodarlari va do'stlarining yaxshiligini aslo unutmaydi”,-deydi u.

Quvayt va Turkiya o’rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va xavfsizlik sohalari bo’yicha mustahkam hamkorlik aloqalariga e’tibor qaratgan Al Sabah: “Turkiya quvaytlik turistlar uchun voz kechilmas maskanga aylandi”,-dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #Mustafo Shento’p , #Quvayt , #Turkiya

Aloqador xabarlar