Turkiya tashqi ishlar vaziri Litva Respublikasiga tashrif buyurdi

Mavlud Chavusho’g’li tashrif doirasida mamlakat tashqi ishlar vaziri Gabrielius Landsbergis bilan uchrashdi. Suhbat chog’ida Turkiya va Litva o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

1671714
Turkiya tashqi ishlar vaziri Litva Respublikasiga tashrif buyurdi
cavusoglu 1.jpeg

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Ukrainaga bag’ishlangan konferensiyada ishtirok etish maqsadida Litva Respublikasiga tashrif buyurdi.

Mavlud Chavusho’g’li tashrif doirasida mamlakat tashqi ishlar vaziri Gabrielius Landsbergis bilan uchrashdi. Suhbat chog’ida Turkiya va Litva o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo’yicha Twitter orqali ma’lumot bergan Mavlud Chavusho’g’li: “Litva tashqi ishlar vaziri bilan ikki tomonlama munosabatlarimizning bugungi holati va istiqboldagi yangi rejalar haqida suhbatlashdik. Hamkasbimga Ukraina bo’yicha 4-islohotlar konferensiyasini tashkil qilgani uchun minnatdorlik bildirdim”,-dedi.

Mavlud Chavusho’g’li Litvada shuningdek, Estoniya tashqi ishlar vaziri Eva-Mariya Limets va Vengriya tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Peter Szijyarto bilan uchrashdi.

Ma’lumotga ko’ra, uchrashuvlar chog‘ida Turkiya-Estoniya va Turkiya-Vengriya hamkorligining tomonlarni qiziqtirgan sohalardagi dolzarb jihatlari muhokama qilindi. Turli darajadagi bo‘lajak rasmiy uchrashuvlar jadvali ko‘rib chiqildi. Mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro siyosat masalalari yuzasidan fikr almashildi.


Tanlangan kalimalar: #Litva , #Turkiya , #Mavlud Chavusho'g’li

Aloqador xabarlar