Turkiya va Pokiston harbiy hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi

Turkiya quruqlik kuchlari qo’mondoni general Umit Dundar Pokistonga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.

1670513
Turkiya va Pokiston harbiy hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi

 

Turkiya quruqlik kuchlari qo’mondoni general Umit Dundar Pokistonga rasmiy ziyorat amalga oshirdi.

Umit Dundar tashrif doirasida Pokiston quruqlik kuchlari qo’mondoni general Kamar Javid Bakva bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Turkiya va Pokiston o’rtasidagi ko’p qirrali munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, harbiy ta'lim sohasidagi ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish, har ikki mamlakat harbiy ta'lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish masalalari ko’rib chiqildi.

Turkiya va Pokiston quruqlik kuchlari terrorizmga qarshi kurash va ikki mamlakat harbiy ta'lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yo’lga qo’yishga kelishib oldi.

Bundan tashqari, tomonlar ikki mamlakat o’rtasidagi mudofaa va xavfsizlik bo’yicha hamkorlik faoliyatlariga to’xtaldi.

Pokiston quruqlik kuchlari qo’mondonining so’zlariga ko’ra, Pokiston Turkiya bilan qardoshlik aloqalariga katta ahamiyat beradi.

Eslatish joizki, Pokiston quruqlik kuchlari qo’mondoni general Kamar Javid Bakva iyunda Turkiyaga tashrif buyurgandi.


Tanlangan kalimalar: #harbiy hamkorlik , #Pokiston , #Turkiya

Aloqador xabarlar