Akar: Mudofaa, xavfsizlik va mudofaa sanoati bo‘yicha hamkorligimizni chuqurlashtirishga tayyormiz

Akar, Qirg‘izistonga bo‘lgan rasmiy tashrifi ortidan Tojikiston poytaxti Dushanbega bordi.

1667847
Akar: Mudofaa, xavfsizlik va mudofaa sanoati bo‘yicha hamkorligimizni chuqurlashtirishga tayyormiz

Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, Tojikiston bilan mudofaa, xavfsizlik va mudofaa sanoati bo‘yicha hamkorlikni chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini qayd etdi.

Akar, Qirg‘izistonga bo‘lgan rasmiy tashrifi ortidan Tojikiston poytaxti Dushanbega bordi.

Hulusi Akar Dushanbeda Tojikiston Mudofaa vaziri general-leytenant Sherali Mirzo tomonidan harbiy marosim bilan kutib olindi.

Akar bilan Mirzo avvalom bor o‘zaro, ortidan esa hay’atlararo uchrashuvga rahbarlik qildi.  

Uchrashuvlar oldidan Mudofaa vaziri Akar:

“Birodar va qarindosh vatan” sifatida tilga olgan Tojikistonning, Turkiyaning Markaziy Osiyodagi muhim sherigi ekanini qayd etdi.

“Mudofaa, xavfsizlik va mudofaa sanoati bo‘yicha hamkorligimizni chuqurlashtirishga tayyormiz”. - degan Akar, chegara xavfsizligi bilan terrorizmga qarshi kurash masalalarida tajriba almashishga tayyor ekanliklarini ham ifoda etdi.

Ikkala mamlakat o‘rtasidagi yaxshi munosabatlarning amalga oshiriladigan faoliyatlar bilan ham ilgarilatilishiga ishonchi komil ekanini qayd etgan Akar, Fetullahchi terror tashkilotiga (FETO) qarshi kurashda, mavjud konstruktiv hamkorlikning ahamiyatini ham ta’kidladi.

Ikkala mamlakatning mintaqaviy barqarorlikning ta’minlanishidan, terrorga qarshi kurashgacha bir necha masala ustidan hamkorlik qilganini yodga solgan Tojikiston Mudofaa vaziri Sherali Mirzo ham,

“Tojikiston va Turkiya o‘rtasidagi hamkorliklar kundan - kunga yana - da rivojlanmoqda”. - dedi.

Matbuotga yopiq ravishda uyushtirilgan uchrashuvda, Hulusi Akar bilan Sherali Mirzo tomonidan o‘zaro va mintaqaviy mudofaa va xavfsizlik masalalarida ham fikr almashildi.

 



Aloqador xabarlar