Prezident Erdoʻgʻan: Maqsadimiz Kanal Istanbul loyihasini 6 yilda tamomlashdir

Prezident, Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) raisi Erdoʻgʻan partiyasining Turkiya Buyuk Milliy Majlisidagi (TBMM) guruh yigʻilishida nutq soʻzladi.

1667569
Prezident Erdoʻgʻan: Maqsadimiz Kanal Istanbul loyihasini 6 yilda tamomlashdir

Prezident Rajap Tayyip Erdoʻgʻan, maqsadlarining Kanal Istanbul loyihasini 6 yilda tamomlab, foydalanishga topshirish ekanligini qayd etdi.

Prezident, Adolat va taraqqiyot partiyasi (AK Partiya) raisi Erdoʻgʻan partiyasining Turkiya Buyuk Milliy Majlisidagi (TBMM) guruh yigʻilishida nutq soʻzladi.

Oʻz nutqida 19 yildan beri mamlakatni asar va xizmatlar siyosati orqali boshqarib kelayotganliklarini ta’kidlagan Erdoʻgʻan, Istanbulga taqdim etilgan uchinchi aeroportni, mamlakat boʻylab qurilgan avtomobil yoʻllari, koʻpriklar va shahar kasalxonalarini misol qilib keltirdi.

Eksportni har oyda yangi rekordlar bilan oldinga siljitishlari, ishlab chiqarishni koʻpaytirishlari, sanoatni rivojlantirish va mudofaa sanoatida mamlakatni brendga aylantirganliklarini ifoda etgan Erdoʻgʻan, Turkiyaning Kanal Istanbul loyihasini ham  huddi shunday tamomlashini bildirdi.

Erdoʻgʻan,

“Biz dunyoning eng yirik shaharlaridan biri boʻlgan Istanbulning boʻgʻoz transporti va yer silkinishiga tayyorgarlik koʻrish kabi muammolarining hal qilinishiga jiddiy hissa qoʻshadigan loyihani, shahar kelajagini qutqaruvchi bir asar sifatida qabul qilyapmiz. Biz bu yerda faqatgina bir kanal inshoo etish bilangina cheklanib qolmay, ayni vaqtda Istanbulga, yurtimizga, portlari va eksportlari bilan insonlarimiz hayotini qulaylashtiradigan yangicha yashash imkoni taqdim etyapmiz”. - dedi.

“Maqsadimiz bu loyihani 6 yilda tamomlab, foydalanishga topshirishdir”. - degan Erdoʻgʻan:

“Turkiyaga 19 yildan beri taqdim etib kelayotgan asar va xizmatlarimizni dunyo miqyosidagi loyihalarga aylantirish orqali rivojlantirishimizga ishonchim komil”. - degan ifodalarga oʻrin berdi.

 

 

 



Aloqador xabarlar