Turkiya koronavirus sababli oltita davlat bilan aviaqatnovni to‘xtatadi
Turkiya koronavirusning yangi shtammlari tarqalayotgani sababli bir qator davlatlar bilan aviaqatnovni to‘xtatadi. Bu haqda Turkiya ichki ishlar vazirligi bayonotida ma'lum qilingan.
1666517
![Turkiya koronavirus sababli oltita davlat bilan aviaqatnovni to‘xtatadi](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/0471/4d32/91f9/5ec625aa1bb0a.jpg?time=1719063245)
Turkiya koronavirusning yangi shtammlari tarqalayotgani sababli bir qator davlatlar bilan aviaqatnovni to‘xtatadi. Bu haqda Turkiya ichki ishlar vazirligi bayonotida ma'lum qilingan.
“Bangladesh, Braziliya, Nepal, Hindiston, Shri-Lanka va JAR bilan aviaqatnovlar 1 iyuldan boshlab keyingi ko‘rsatmagacha to‘xtatiladi. Bu davlatlardan Turkiyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar taqiqlanadi”, -deyiladi bayonotda.
Ta'kidlanishicha, ushbu davlatlardan Turkiyaga kelayotgan fuqarolar mamlakatga kelishdan oldin 72 soat ichida topshirilgan manfiy PsR-test taqdim qilishlari lozim.