Mavlud Chavusho’g’li Latviya mudofaa vaziri Artis Pabriks bilan uchrashdi

Uchrashuvda Turkiya va Latviya o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

1653920
Mavlud Chavusho’g’li Latviya mudofaa vaziri Artis Pabriks bilan uchrashdi

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li amaliy tashrif bilan mamlakatda bo’lib turgan Latviya bosh vazir o’rinbosari va mudofaa vaziri Artis Pabriks bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Turkiya va Latviya o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va ularni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Mavlud Chavusho’g’li twitter orqali uchrashuv haqida fikr bildirdi.

“Latviya bosh vazir o’rinbosari va mudofaa vaziri Artis Pabriks bilan uchrashib, o’zaro munosabatlarimizni va mudofaa sanoati sohasida hamkorlik imkoniyatlarimizni muhokama qildik”,-deb yozgan Mavlud Chavusho’g’li twitterdagi sahifasida.

Ta’kidlanishicha, shu kunlarda Turkiyaning milliy uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalariga e’tiborni kuchaytirgan Latviya bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda.

Ma’lumki, NATOga a’zo Latviya Turkiyaning milliy uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalariga e’tiborni kuchaytirgan vaziyatda. Shu munosabat bilan Latviya bosh vazir o’rinbosari va mudofaa vaziri Artis Pabriks Turkiyaga tashrif buyurib, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan qurolli dronlarni yaqindan ko’zdan kechirdi.

Eslatish joizki, avvalroq Polsha Turkiyadan tankka qarshi raketalar bilan qurollangan 24 dona uchuvchisiz boshqariladigan qurilma (dron) sotib olish to’g’risida shartnoma imzolagandi.  Dronlarni sotib olish bo‘yicha kelishuv Polsha prezidenti Anjyey Dudaning 24 may kuni Turkiyaga tashrifi chog'ida imzolangandi.


Tanlangan kalimalar: #Artis Pabriks , #Latviya , #Turkiya

Aloqador xabarlar