Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi uzluksiz davom etmoqda.

1653021
Turk Qurolli kuchlarining terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Suriyada Firot qalqoni va Tinchlik bulog‘i amaliyoti olib borilgan mintaqalarda PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 6 terrorist yo‘q qilindi.

Milliy Mudofaa vazirligidan mavzu haqida berilgan bayonotda,

“Terrorga va terroristga yo‘l qo‘yilmaydi. Tinch va xavfsiz muhit ta’minoti bo‘lgan qo‘mondonlarimiz 2 nafari Firot qalqoni amaliyoti olib borilgan mintaqada, 4 nafari Tinchlik bulog‘i amaliyoti olib borilgan hududda ig‘vogar tusda oq uzgan 6 PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo terroristni yo‘q qildi”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.

Ichki Ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda ham Eren 13 amaliyoti doirasida Shirnak – Markaz tumani Judiy tog‘i Tushimaya vodiysi mintaqasida qo‘mandonlar tomonidan uyushtirilgan amaliyotda kelib chiqqan to‘qnashuvda, bir terroristning quroli bilan yo‘q qilinganini ma’lum qilindi.

Bayonotda, mintaqada amaliyotning davom etgani ifoda etildi.

Shu bilan birga Ichki Ishlar vazirligi boshqa bayonotida, Eren – 1 amaliyotlari asosida Van – Bashkale qishlog‘ida yo‘q qilingan 3 terroristdan birining, terror yuzasidan qidirilganlarning kul rang kategoriyasida o‘rin olgan, PKKning Bashkaledan mas’ul “Agit” kod nomidagi Go‘khan Demir ekanini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar