AQShning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild Turkiyaga tashrif buyuradi

Muzokaralar kun tartibidan Turkiya-AQSh munosabatlarini mustahkamlash, global muammolar va Suriyada Turkiya-AQSh hamkorligini kengaytirish kabi masalalar oʻrin olgan.

1650046
AQShning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild Turkiyaga tashrif buyuradi

 

AQShning BMTdagi doimiy vakili Linda Tomas-Grinfild 2-4 iyun kunlari amaliy tashrif bilan Turkiyada bo’ladi.

AQSh diplomatik manbalari ma’lum qilishicha, Tomas-Grinfild tashrif doirasida Turkiya hukumati vakillari bilan uchrashadi.

Muzokaralar kun tartibidan Turkiya-AQSh munosabatlarini mustahkamlash, global muammolar va Suriyada Turkiya-AQSh hamkorligini kengaytirish kabi masalalar oʻrin olgan.

Tomas-Grinfild Turkiyaga safari doirasida Suriya chegarasiga ham tashrif buyurishi kutilmoqda. U chegarada joylashgan qochqinlar lagerini ziyorat qiladi va u yerdagi sharoit bilan tanishadi.

Tomas-Grinfild shu bilan suriyaliklarga yana ham ko’proq insonparvarlik yordamini yetkazish, xalqaro insonparvarlik yordamini davom ettirish uchun bir qator chegara postlarini ochish kerakligiga diqqat qaratmoqchi.

Eslatish joizki, o’tgan hafta AQSh davlat kotibining o’rinbosari Vendy Sherman Turkiyaga tashrif buyurgandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #BMT , #AQSh , #Linda Tomas-Grinfild

Aloqador xabarlar