Turkiya BMTning Isroil harakatlarini surishtirishni ko‘zlagan qarorini qo‘llab - quvvatladi

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan kecha, BMT Inson huquqlari kengashining Falastinga bag‘ishlangan majlisida qabul qilingan qaror haqida bayonot berildi.

1647395
Turkiya BMTning Isroil harakatlarini surishtirishni ko‘zlagan qarorini qo‘llab - quvvatladi

Turkiya Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Isroilning Falastin tuproqlarida qo‘l urgan xalqaro inson huquqlari va inson haqlari paymollarini surishtirish maqsadida, xalqaro miqyosda mustaqil komissiya tuzishni nazarda tutgan qarorini mamnuniyat bilan qabul qildi.

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan kecha, BMT Inson huquqlari kengashining  Falastinga bag‘ishlangan majlisida qabul qilingan qaror haqida bayonot berildi.

Isroil bosib olgan Falastin tuproqlarida qo‘l urgan xalqaro inson huquqlari va inson haqlari paymollarini surishtirish maqsadida, xalqaro miqyosda mustaqil komissiya tuzishni nazarda tutgan BMT qarorining, mamnuniyat bilan qabul qilingani qayd etilgan bayonotda:

“BMTning bu qarorini Isroilning Falastin xalqiga qarshi nomutanosib ravishda, noqonuniy kuchdan foydalangan holda yo‘lga qo‘ygan va ishg‘ol ostidagi Falastin tuproqlarida qo‘l urgan jinoyatlari yuzasidan xalqaro miqyosda hisob berishi va tegishli Isroil organlarining bu harakatlardan javobgarchilikka tortilishi uchun tashlangan qadam deb qabul qilamiz”. - degan ifodalarga o’rin berildi.  

Bayonotda, Turkiyaning nomi tilga olingan xalqaro tergov komissiyasi faoliyatlariga har qanday yordamni berishga tayyorligi ham ta’kidlandi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #BMT , #Falastin tuproqlari , #Isroil

Aloqador xabarlar