Erdo’g’an:"Isroil zo'ravonligiga ko’z yumganlar o’z falokatiga zamin yaratmoqda"

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Anqarada 19-May Mustafo Kamol Otaturkni xotirlash, yoshlik va sport bayrami munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda so’zga chiqdi.

1642104
Erdo’g’an:"Isroil zo'ravonligiga ko’z yumganlar o’z falokatiga zamin yaratmoqda"

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Anqarada 19-May Mustafo Kamol Otaturkni xotirlash, yoshlik va sport bayrami munosabati bilan o’tkazilgan tadbirda so’zga chiqdi.

“Asrlardir ajdodlarimiz tomonidan adolat, tinchlik-farovonlik o’rnatilgan mintaqalarning aksariyatida bugungi kunda zulm, to’qnashuvlar, gina, adovat va nafrat hukm surmoqda. Masalan, Falastinda barchaning ko’z o’nggida begunoh bolalar, onalar qatl etilmoqda. "Kuchli davlat doimo haqli" degan tushuncha noto’g’ri. Turkiya aslida "haqli davlat kuchlidir" degan tushunchani barpo etish uchun kurashmoqda”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Erdo’g’an so’zlagan nutqida AQSh davlat kotibi Jo Baydenning bayonotiga e’tiroz bildirdi.

“Bizga "Erdo’g’an bu shaklda gapirmasligi kerak" demoqda. Nima qilish kerak, olqishlashimiz kerakmi? Biz zo’ravonlikka qarshi hamisha baralla hayqiramiz”,-dedi Turkiya prezidenti.

Prezidentning ta’kidlashicha, Falastinda Isroil zulmiga ko’z yumganlar, begunoh insonlarning faryodlariga qulog’ini yopganlar aslida o’z falokatiga zamin yaratmoqdalar.

“Demokratiya, inson huquqlari, adolat, erkinlik, xavfsizlik haqida vaazxonlik qilayotgan xalqaro tashkilotlar ushbu zo’ravonlikni tomosha qilib turibdi”,-deb ilova qilgan Erdo’g’an.

“Agar, bugun Quddusda ro’y berayotgan hodisalarga loqaydlik qilsak, kuni kelib navbat bizga keladi, boshqa muqaddas qadamjolarimizga yetib keladi”,-dedi Turkiya prezidenti so’zlagan nutqida.



Aloqador xabarlar