Turkiya Isroil hukumatini moneliklarini bas qilishga chaqirdi

Turkiya Isroil hukumatini (Sharqiy Quddusdagi) moneliklarini bas qilishga chaqirdi.

1631453
Turkiya Isroil hukumatini moneliklarini bas qilishga chaqirdi

Turkiya Isroil hukumatini (Sharqiy Quddusdagi) moneliklarini bas qilishga chaqirdi.

Tashqi Ishlar vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, falastinlik guruhlar ishtirokida kecha bo‘lib yig‘ilish yakunida Falastinda 2006 - yildan beri birinchi marotaba uyushtirilishi ko‘zda tutilgan parlament va prezidentlik saylovlarining keyingiga qoldirilishi haqidagi qarorning chuqur qayg‘u bilan olingani qayd etildi.

Bayonotda, falastinlik guruhlarni bu borada qaror qabul qilishga yetaklagan asosiy sababning, Isroilning ayniqsa Sharqiy Quddusda saylov o‘tkazish masalasida Falastin yetakchiligi tomonidan amalga oshirilgan murojaatni javobsiz qoldirish va saylovoldi kompaniya olib borishga ruxsat bermaslik ekani qayd etildi.

Isroil hukumati, Falastin saylovlarining tez kunlarda o‘tkazilishi uchun 1995 - yildagi Oslo shartnomasi qoidalariga amal qilishga va yuqorida aytilganidek monelik qiluvchi munosabatlarini bas qilishga chaqirilgan bayonotda:

“Shuningdek, saylovlarning keyingiga qoldirilishi haqida qabul qilingan qarorlar yurtimiz uchun ham alohida o‘ringa ega bo‘lgan falastinliklarning yarashish jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini tilab, falastinlik barcha guruhlarni birlik va birdamlik yo‘li uchun harakat qilishni davom ettirishga undaymiz”. - deyildi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Falastin , #Isroil hukumati

Aloqador xabarlar