Erdo'g'an AQSh prezidenti Jo Bayden bilan muloqot qildi

Turkiya prezidenti ma'muriyatining kommunikatsiyalar bo‘yicha departamenti ma'lum qilishicha, suhbat chog'ida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, tomonlarning xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqalari muhokama qilindi.

1627248
Erdo'g'an AQSh prezidenti Jo Bayden bilan muloqot qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an AQSh prezidenti Jo Bayden bilan telefon orqali muloqot qildi.

Turkiya prezidenti ma'muriyatining kommunikatsiyalar bo‘yicha departamenti ma'lum qilishicha, suhbat chog'ida ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va istiqbollari, tomonlarning xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro aloqalari muhokama qilindi. Tomonlar Turkiya-AQSh hamkorligini yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini va uni ko‘p qirrali jihatga yo‘naltirishga xayrixohligini bildirdi.

Erdo'g'an Fathulloh Gulen (FETO) harakatining AQShdagi faoliyati va AQSh tomonidan Suriyada terroristik tashkilotlar PKK/PYDga ko'rsatilayotgan yordam kabi ikki davlat munosabatlariga rahna solayotgan muammolarni bartaraf etishning ahamiyatiga to'xtaldi.

Prezidentlar iyun oyida o'tkaziladigan NATO sammiti doirasida yuzma-yuz uchrashuv amalga oshirishga kelishib oldi. 

Oq uy bayonotiga ko'ra, NATO sammiti doirasida Erdo'g'an va Jo Bayden uchrashuvi bo'lib o'tadi.

"Bayden va Erdo'g'an uchrashuvida Turkiya-AQSh hamkorligini yanada rivojlantirish va o'zaro kelishmovchiliklarni bartaraf etishga bo'lgan xayrixohlik tilga olindi",-deyiladi Oq uy bayonotida.

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #AQSh , #Jo Bayden , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar