Mavlud Chavusho’g’li bugun Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga safar qiladi
Tashrif doirasida Kipr masalasi va Sharqiy O’rta yer dengizidagi o’zgarishlar hamda kun tartibdagi xalqaro dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
1621846
![Mavlud Chavusho’g’li bugun Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga safar qiladi](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/2820/c87c/14e3/60509fd0aa320.jpg?time=1719031266)
Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li bugun, 15-aprel kuni Shimoliy Kipr Turk Respublikasiga safar qiladi.
Mavlud Chavusho’g’lining mamlakatga tashrifi 15-16 aprel kunlarini o’z ichiga oladi.
Tashrif doirasida Kipr masalasi va Sharqiy O’rta yer dengizidagi o’zgarishlar hamda kun tartibdagi xalqaro dolzarb masalalar muhokama qilinadi.