Mavlud Chavusho’g’li Mesrur Barzaniy bilan muloqot qildi

Iroq Kurd mintaqaviy boshqaruv bosh vaziri Mesrur Barzaniy suhbat avvalida, Iroq shimolidagi Erbil va Bashikada sodir etilgan hujum oqibatida turk askarining halok bo’lganligi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

1621677
Mavlud Chavusho’g’li Mesrur Barzaniy bilan muloqot qildi

 

Kecha, 14-aprel kuni Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Iroq Kurd mintaqaviy boshqaruv bosh vaziri Mesrur Barzaniy bilan telefon orqali muloqot qildi.

Diplomatik manbalardan olingan ma’lumotga ko’ra, Barzaniy suhbat avvalida Iroq shimolidagi Erbil va Bashikada sodir etilgan hujum oqibatida turk askarining halok bo’lganligi munosabati bilan hamdardlik bildirdi. U shuningdek, Erbil va Bashikadagi harbiy bazalarga sodir etilgan hujumlar tafsiloti haqida ma’lumot berdi.

“Iroq shimolidagi Bashika harbiy bazasi atrofida sodir etilgan hujumda halok bo’lgan qahramon turk askarimizni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Askarimizning motamsaro oilasiga, safdoshlariga va aziz xalqimizga hamdardlik bildiraman”,-deya ta’ziya bildiradi Mavlud Chavusho’g’li.

Ma’lumotga ko’ra, kecha 14-aprel kuni tunda Iroq shimolidagi Bashikada turk qo’shini joylashtirilgan harbiy bazaga raketa hujumi sodir etildi. Hujumda bir nafar turk askari halok bo’ldi.


Tanlangan kalimalar: #Mavlud Chavusho'g’li , #Bashika , #Iroq , #Turkiya

Aloqador xabarlar