Iroq shimolidagi harbiy bazaga sodir etilgan hujumda turk askar halok bo’ldi

Bayonotga ko’ra, Iroq shimolida joylashgan Bashika harbiy bazasiga kecha tunda uchta raketa otilgan. Raketalardan biri harbiy bazaga, ikkitasi hududdagi qishloqqa kelib tushgan.

1621568
Iroq shimolidagi harbiy bazaga sodir etilgan hujumda turk askar halok bo’ldi

 

Iroq shimolida Bashika harbiy bazasiga sodir etilgan hujumda turk askar halok bo’ldi.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, Iroq shimolida joylashgan Bashika harbiy bazasiga kecha tunda uchta raketa otildi. Raketalardan biri harbiy bazaga, ikkitasi hududdagi qishloqqa kelib tushgan.

Hujum oqibatida u yerda xizmat qilgan turk askar halok bo’lgan va qishloqqa otilgan raketa hujumida esa bir bola jarohatlangan.

Harbiy baza atrofida Turkiya qurolli dronlari safarbar etilganligi va zarur choralar ko’rilganligi qayd etildi.

“Qahramon shahidimizni Alloh o’z rahmatiga olgan bo’lsin! Shahidimizning motamsaro oilasiga va Turkiya qurolli kuchlariga hamdardlik bildiramiz”,-deyiladi bayonotda.


Tanlangan kalimalar: #shahid , #Turkiya

Aloqador xabarlar