Chavusho‘g‘lu afg‘onistonlik kasbdoshi Hanif Atmar bilan uchrashdi

Mevlut Chavusho‘g‘lu Afg‘oniston Tashqi Ishlar vaziri Hanif Atmar bilan uchrashdi.

1619590
Chavusho‘g‘lu afg‘onistonlik kasbdoshi Hanif Atmar bilan uchrashdi

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Afg‘oniston Tashqi Ishlar vaziri Hanif Atmar bilan uchrashdi.

Diplomatik manbaalardan olingan ma’lumotga ko‘ra ikkala tashqi ishlar vaziri kecha telefon orqali muloqat qilgan.

Unda Istanbul konferensiyasi haqidagi vaziyat qo‘lga olingan.

Turkiya Afg‘onistonda tinchlik jarayoni uchun Birlashgan Millatlar (BMT) va Qatar shuningdek, Afg‘oniston tomoni bilan uchrashuv amalga oshirmoqda.

Tashqi Ishlar vazirligi Istanbuldagi yig‘ilish uchun ishtirokchi davlatlar, ularning saviyasi va ishtirok etish tartibi ustida ish olib bormoqda va ishtirok masalalari ustidan tegishli tomonlar bilan tig‘iz muzokara yuritmoqda.

Tashqi Ishlar vaziri Chavusho‘g‘lu afg‘onistonlik va qatarlik kasbdoshlari oldida tegishli tomon davlatlarining rasmiylari bilan ham telefon orqali muloqat qilmoqda.

Diplomatik manbaalar, Afg‘oniston tomonlari bilan bo‘lgan uchrashuvlarning shaffof olib borilgani va Turkiyaning har ikki tomonning ham ishonchiga ega bo‘lishining muhim afzallik ekaniga e’tibor qaratmoqda.



Aloqador xabarlar