Erdo’g’an Turkiy Kengashning norasmiy sammitida ishtirok etadi

Ma’lumki, Qozog‘istonning Turkiston shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining norasmiy sammiti koronavirus pandemiyasi sababli videoanjuman shaklida o‘tkaziladigan bo‘ldi.

1611638
Erdo’g’an Turkiy Kengashning norasmiy sammitida ishtirok etadi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bugun, 31 mart kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Ma’lumki, Qozog‘istonning Turkiston shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining norasmiy sammiti koronavirus pandemiyasi sababli videoanjuman shaklida o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Turkiya prezidenti ma'muriyatining kommunikatsiyalar bo‘yicha departamenti ma’lum qilishicha, Erdo’g’an Turkiy Kengashning “Turkiston: Turk dunyosining ma’naviy poytaxtlaridan biri” mavzusidagi norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Ma’lum qilinishicha, Qozog‘istonning birinchi prezidenti va Turkiy Kengashning sharafli rahbari, Elboshi Nursulton Nazarboyev tashabbusi bilan o’tkazilayotgan sammitda Turkiy kengash doirasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Sammitda kengashga a'zo davlatlar – O‘zbekiston, Turkiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston rahbarlari va tashkilotda kuzatuvchi davlat maqomiga ega bo‘lgan Vengriya bosh vaziri ishtirok etadi.

Sammit yakunida “Turkiston shahri turk olamining ma'naviy poytaxti” deb e'lon qilinishi haqidagi deklaratsiya imzolanishi kutilmoqda.

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi 2009 yil 3 oktyabrda tuzilgan. Hozirda O‘zbekiston, Turkiya, Ozarboyjon, Qozog‘iston va Qirg‘iziston ushbu kengash a'zolari hisoblanadi. Vengriya tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Turkiy Kengash , #Erdo'g'an

Aloqador xabarlar