Turkiyaning Suriyadagi urush bo'yicha pozitsiyasi hech qachon o’zgarmadi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bu haqda Suriyadagi ichki urushning 10 yilligi munosabati bilan “Bloomberg”ga yozgan maqolasida e’lon qilgan.

1601550
Turkiyaning Suriyadagi urush bo'yicha pozitsiyasi hech qachon o’zgarmadi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Turkiyaning Suriyadagi ichki urush haqidagi pozitsiyasi hech qachon o’zgarmaganligini ma’lum qildi.

Prezident bu haqda Suriyadagi ichki urushning 10 yilligi munosabati bilan “Bloomberg”ga yozgan maqolasida e’lon qilgan.

Erdo’g’anning ta’kidlashicha, turk xalqi butun Suriya xalqini o’z ichiga olgan siyosiy tizimni tashkil etish mamlakatda tinchlik va barqarorlik o’rnatish jihatidan mutlaqo shart ekaniga ishonadi.

“Demokratiya, erkinlik va inson huquqlari tarannum etilgan shu kunlarda insoniyatning Suriyadagi ijroatlari samimiyatimizning o’lchovi bo’ladi. Faxr bilan aytamanki, Turkiyaning pozitsiyasi Suriyada urush boshlangandan beri hech o’zgarmadi. Tinchliksevar va mustahkam siyosiy yechim Suriyaning hududiy yaxlitligi va siyosiy birdamligiga hurmat ko’rsatilmagan taqdirda, aslo amalga oshmaydi”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Erdo’g’anning ta’kidlashicha, Suriya shimolida mahalliy unsurlar bilan tashkil etilgan xavfsiz hudud Turkiyaning Suriya kelajagiga qanchalik sodiq ekanligini ko’rsatadi. G’arb mamlakatlari avvalo xavfsiz hududlarga hujum qilgan va qo’li qo’nga bulangan rejimga tayangan terror tashkiloti YPGga qarshi qat’iy pozitsiyada bo’lishi zarur.

“Bayden hukumati bergan va’dasida turib, Suriyadagi fojiaga barham berish va demokratiyani himoya qilish uchun biz bilan birgalikda ish olib borishi zarur”,-deb aytgan Turkiya prezidenti.

Erdo’g’an Suriya xalqining eng asosiy haqli talablariga javob bermagan barcha rejalarni qat’iyan rad etishini ma’lum qildi. Bunday rejalar inqirozni faqatgina kengaytiradi xalos.

G’arb mamlakatlarini Suriyadagi gumanitar inqirozni to’xtatish uchun zimmasidagi mas’uliyatni bajarishga chaqirgan Erdo’g’anning aytishicha, Turkiyaning bo’ynidagi qochqinlar yukini baham ko’rmaslik, Yevropaga tomon yangi migratsiya oqimini keltirib chiqaradi.


Tanlangan kalimalar: #Erdo'g'an , #Bloomberg , #Suriya , #Turkiya

Aloqador xabarlar