Erdo'g'an bugun iqtisodiy islohotlar dasturini e'lon qiladi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an noyabr oyida mamlakatda iqtisodiy va huquqiy yangi islohotlar davri boshlanishini ma'lum qilgandi.

1600058
Erdo'g'an bugun iqtisodiy islohotlar dasturini e'lon qiladi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an bugun iqtisodiy islohotlar dasturini e'lon qiladi.

Iqtisodiy islohotlar dasturi tarkibiga makroiqtisodiyot, strukturaviy siyosatlar, inflyatsiya, joriy kamomad va davlat moliyasi bo'yicha qator xususlar kiritilgan.

Prezident Erdo'g'an noyabr oyida mamlakatda iqtisodiy va huquqiy yangi islohotlar davri boshlanishini ma'lum qilgandi.

Erdo'g'anning ko'rsatmasiga binoan, Hazina va moliya vaziri Lutfi Elvan boshchiligida tadbirkorlik sub'yektlari va tegishli nodavlat tashkilotlari ishtirokida muzokaralar o'tkazilib, talab va takliflar qayd etilgandi.

Ushbu muzokaralarda tadbirkorlik sub'yektlari rahbarlari, sektor majlislari va nodavlat tashkilotlarning talab va takliflari hamda mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratilgan tavsiyalari muhokama qilindi.

Makroiqtisodiy barqarorlik va strukturaviy siyosatni o'z ichiga olgan iqtisodiy islohotlar dasturi Prezident Erdo'g'an tomonidan bugun  "Iqtisodiy islohotlar dasturiga bag'ishlangan taqdimot" marosimida xalqqa e'lon qilinadi.

 

 

 



Aloqador xabarlar