Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Turkiya elchisi Tanju Bilgichni qabul qildi

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Turkiya va Serbiya o’rtasidagi munosabatlarga diplomatik sa’y-harakatlari bilan beqiyos hissa qo’shgan Favqulodda va muxtor elchi Tanju Bilgichga minnatdorlik bildirdi.

1598025
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Turkiya elchisi Tanju Bilgichni qabul qildi

 

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Belgradda Turkiyaning Favqulodda va muxtor elchisi Tanju Bilgichni qabul qildi.

Serbiya prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha, Turkiya elchisi Tanju Bilgichning Serbiyadagi xizmat muddati yaqinda tugaydi. U shu munosabat bilan Serbiya prezidenti huzurida bo’lgan.

Qabul chog’ida ikki davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlar va ayniqsa iqtisodiy sohadagi o’zgarishlar ko’zdan kechirildi.

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Turkiya va Serbiya o’rtasidagi munosabatlarga diplomatik sa’y-harakatlari bilan beqiyos hissa qo’shgan Favqulodda va muxtor elchi Tanju Bilgichga minnatdorlik bildirdi.

Ta’kidlanishicha, ikki mamlakat o’rtasidagi o’zaro savdo hajmi oxirgi 4 yilda ikki barobarga oshdi. Shuningdek, Turkiya va Serbiya o’rtasidagi hamkorlik strategik darajaga ko’tarildi.

Ayniqsa, Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bilan hamkorlikda yo’lga qo’yilgan o’zaro ishonch natijasida yaqin hamkorlik rishtalari yuqori ko’rsatgichga erishdi.

Elchi Tanju Bilgichning ta’kidlashicha, hozirda Serbiyada mingga yaqin turk kompaniyalari faoliyat ko’rsatmoqda. Bu raqam kelgusida yana ham ortishi qayd etildi.


Tanlangan kalimalar: #Serbiya , #Tanju Bilgich , #Turkiya

Aloqador xabarlar