Turkiyaning Bitlis viloyatidagi vertolyot halokatida 11ta harbiy halok bo'ldi

Turkiya milliy mudofaa vazirligi bayonotiga ko'ra, Quruqlik kuchlari qo'mondonligiga oid Cougar rusumli harbiy vertolyot bugun, 4-mart kuni Turkiya vaqti bilan soat 14:25da qulab tushgan. Vertolyot bortida bo'lgan 11ta harbiy halok bo'lgan.

1595260
Turkiyaning Bitlis viloyatidagi vertolyot halokatida 11ta harbiy halok bo'ldi

 

Turkiyaning Bitlis viloyatida harbiy vertolyot qulab tushdi. Fojida 11 nafar harbiy halok bo'ldi.

Turkiya Milliy mudofaa vazirligi bayonotiga ko'ra, Quruqlik kuchlari qo'mondonligiga oid Cougar rusumli harbiy vertolyot bugun, 4-mart kuni Turkiya vaqti bilan soat 13:55da Bingo'l viloyatidan Bitlisning Tatvan tumaniga parvoz qilgan. 

Turkiya vaqti bilan soat 14:25da vertolyot bilan aloqa uzilgan. Hududda harbiy dronlar, CN-235 samolyoti va harbiy vertolyotlar vositasida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi boshlatilgan.

Dastlabki ma'lumotlarda vertolyot halokatida 9 harbiy halok bo'lgani qayd etilgandi, biroq ko'p o'tmay halok bo'lganlar soni 11 nafarga yetdi. Ikki nafar harbiy jarohatlangan.

Yaradorlar darhol shifoxonaga yetkazilgan. Tergov-surishtiruv harakati olib borilmoqda.

Turkiya Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar, Harbiy bosh shtab rahbari Yashar Guler va Quruqlik kuchlari qo'mondoni Umid Dundar voqea joyiga yetib bordi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #vertolyot halokati , #Bitlis , #Turkiya

Aloqador xabarlar