Prezident Erdo‘g‘an, terrorizmga qarshi kurashning ahamiyatiga e'tibor qaratdi

Erdo‘g‘an, vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bayonotlar berdi.

1585795
Prezident Erdo‘g‘an, terrorizmga qarshi kurashning ahamiyatiga e'tibor qaratdi

“Terroizmga qarshi kurash masalasi har qanday siyosiy tortishmalar, hisob - kitob va kundalik polemikalardan ustun tutilishi kerak bo‘lgan milliy mavzudir”. - dedi.

Erdo‘g‘an, vazirlar kengashi yig‘ilishi ortidan bayonotlar berdi.

Prezident Erdo‘g‘an unda,

“Turkiyaga terror harakati, to‘ntarish kabi har qanday yo‘ldan foydalanib tiz cho‘ktirishga uringanlarga qarshi xalqimiz joni evaziga barqarorligi va istiqbolini himoya qilish orqali tarixiy saboq berdi”. - dedi.

Erdo‘g‘an o‘z so‘zini quyidagicha davom ettirdi:

“2015 - yilning iyul oyidan beri chegaramizda va tashqarida olib borilgan amaliyotlarda 1259 nafar shahid berdik. Ulardan 401 nafari askar, 443 nafari jandarmeriya xodimi, 299 nafari politsiya xodimi, 116 nafari xavfsizlik xizmati xodimi. Mamlakatda 6 000, chet elda 6900 jami 12 900 dan ortiq terrorist yo‘q qilindi. Ta’sirsiz holga keltirilgan terrorist soni 17 750 nafarga yetdi”.

“O‘tmishimizda bir geografiya yoki jamiyatni mustamlaka qilish aybi yo‘qdir. Bo‘lmadi, bo‘lmaydi ham”. - degan Prezident,

“Qatron qorasidan battar ahvoli bilan yurtimizga insonlik, haq - huquq, adolat, erkinlik va demokratiya bo‘yicha saboq berish payiga tushganlarga avvalom bor siz bir oynaga boqing va o‘z haqiqatlaringiz bilan yuzlashing degan bo‘lardim”. - deya gapirdi.

So‘zlarini esa, “Terrorizmga qarshi kurash masalasi har qanday siyosiy tortishmalar, hisob - kitob va kundalik polemikalardan ustun tutilishi kerak bo‘lgan milliy mavzudir”. - deya tamomladi.



Aloqador xabarlar