Ibrohim Kalin AQShning milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi bilan muloqot qildi

Prezident matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin suhbat avvalida Jek Sullivanni yangi lavozimga tayinlanganligi munosabati bilan tabrikladi.

1576143
Ibrohim Kalin AQShning milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi bilan muloqot qildi

 

 

Turkiya prezidenti matbuot kotibi Ibrohim Kalin AQShning milliy xavfsizlik bo’yicha maslahatchisi Jek Sullivan bilan telefon orqali muloqot qildi.

Prezident matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Ibrohim Kalin suhbat avvalida Jek Sullivanni yangi lavozimga tayinlanganligi munosabati bilan tabrikladi.

Shuningdek, muloqotda ko‘p qirrali Turkiya-AQSh munosabatlari pandemiyaga qaramasdan, izchil rivojlanishda davom etganligi qayd etildi.

Yetakchilar ikki tomonlama munosabatlar borasida so‘z yuritar ekanlar, Turkiya-AQSh munosabatlarini mustahkamlash va hamkorlikni har tomonlama kengaytirish tarafdori ekanliklarini taʼkidladilar. Shu bilan birga, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish borasidagi xalqaro saʼy-harakatlarga salmoqli hissa qo’shish va ushbu yuqumli kasallikni oldini olish, unga chalinganlarni samarali davolash va reabilitatsiya qilishda hamkorlik qilishning ahamiyatiga to’xtaldi.

Bundan tashqari, Suriya va Liviyada siyosiy yechim jarayoni sur’atini oshirishga kelishib olindi. Terror guruhlariga qarshi faol va mushtarak kurash olib borish zarurligi ta’kidlandi.

Muloqot chog’ida, Idlibdagi vaziyat, yangi qochqinlar oqimi tufayli yuzaga keladigan barqarorsizlik va gumanitar inqirozga qarshi chora-tadbirlar, Turkiya va Gretsiya o’rtasida dengiz shelfi bo’yicha muzokaralar hamda Sharqiy O’rta yer dengizidagi mojarolar muhokama qilindi.

Qolaversa, Turkiya AQShning Parij shartnomasiga qaytishini mamnuniyat bilan qayd etgani tilga olindi.

Muloqot so’nggida, S-400, F-35 va terror tashkilotlari PYD va PKKga qarshi kurash kabi ikki mamlakat o’rtasida kelishmovchilikka sabab bo’layotgan mavzularni qayta ko’zdan kechirish zarurligi qayd etildi.

Ayni vaqtda, ikki ittifoqdosh davlat sifatida kelgusi davrda strategik sheriklikning yangi modelini ishlab chiqishga va NATO tarkibidagi hamkorligini mustahkamlash, mintaqaviy va global tinchlikka hissa qo’shadigan tashabbuslarni ijro etishga kelishib oldilar.

Suhbat ochiq, samimiy, konstruktiv va do‘stona ruhda bo’lib o’tdi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Jake Sullivan , #Ibrohim Kalin

Aloqador xabarlar