Turkiyada 2 mlndan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

Mamlakatda 14 yanvarda boshlangan koronavirusga qarshi emlash doirasida shu kungacha 2 mln 3 ming 325 kishi vaksinaning birinchi dozasini qabul qildi.

1574950
Turkiyada 2 mlndan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

 

Mamlakatda 14 yanvarda boshlangan koronavirusga qarshi emlash qizg’in davom etmoqda. Birinchi kuniyoq Turkiya sog’liqni saqlash vaziri Fahriddin Ko’ja va 285 ming tibbiyot xodimi emlandi. Turkiyada shu kungacha koronavirusga qarshi emlanganlar soni 2 mlndan oshdi. Ular Xitoy vaksinasining birinchi dozasini qabul qilgan. Ikkinchi dozasi 28 kun o'tgach emlanadi.

Turkiya sog’liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, Turkiyada koronavirusga qarshi ommaviy emlashning ikkinchi bosqichiga o‘tilgan.

Tibbiyot xodimlaridan so‘ng, 19 yanvar kunidan boshlab 90 yoshdan kattalar shuningdek, qariyalar va nogironlar uyi xodimlari hamda u yerda yashovchilar emlandi.

Turkiyada Xitoyning Sinovac Biotech korporatsiyasi ishlab chiqargan CoronaVac vaksinasi ro‘yxatga olingan bo'lib, 30 dekabrda Xitoydan 3 mln doza vaksina olib kelingandi. Ular maxsus laboratoriyalarda o’ta ehtiyotkorlik bilan saqlandi va tibbiy sinovdan o’tkazildi. Vaksina hozirda Turkiyaning 81 viloyatidagi chekka qishloqlargacha tarqatilgan.

Mamlakatda 14 yanvarda boshlangan koronavirusga qarshi emlash doirasida shu kungacha 2 mln 3 ming 325 kishi vaksinaning birinchi dozasini qabul qildi.


Tanlangan kalimalar: #koronavirus , #CoronaVac , #vaksina , #Turkiya

Aloqador xabarlar