Erdo‘g‘an, PKKga qarshi Sinjarda amaliyot uyushtirilishi mumkinligiga ishora qildi

Prezident Erdo‘g‘an, Istanbulda juma namozi ortidan jurnalistlar savoliga javob berdi.

1569150
Erdo‘g‘an, PKKga qarshi Sinjarda amaliyot uyushtirilishi mumkinligiga ishora qildi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, PKK terror tashkilotiga qarshi Iroqning Sinjar mintaqasida amaliyot uyushtirilishi mumkinligiga ishora qildi. 

Erdo‘g‘an, Istanbulda juma namozi ortidan jurnalistlarning “Sinjarda PKKga qarshi amaliyot uyushtiriladimi?” degan savoliga qarshi:

“Bu (amaliyot) aytilmaydi. Har doim ifoda etganimdek, bir kun kechasi kutilmaganda borib qolamiz”. - deb javob berdi.

Erdo‘g‘an, yangi turdagi koronavirus (Covid - 19) ga qarshi Xitoyda ishlab chiqarilgan vaksinaning ikkinchi partiyasining bu hafta oxirigacha kelib qolishi mumkinligini bildirdi.

Erdo‘g‘an,

“Vaksinaning ikkinchi partiyasi, nasib qilsa Xitoydan tasdiqlandi. Bu haftaning oxirigacha kelib qolishi mumkin”. - dedi.

Muddatidan oldin saylov iddiolari haqidagi savolga ham javob bergan Prezident, 2023 - yilning iyun oyigacha muddatidan oldingi saylovning imkonsiz ekanini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar