Erdo‘g‘an: “Turkiya, mintaqada va dunyoda muvozanatni aniqlay oladigan kuchga ega bo‘ldi”.

Erdo‘g‘an partiyasining navbatdagi Duzje, Chorum, Amasya, Bartin va Karabuk viloyat kongresslariga Istanbuldagi Vahdettin ko‘shkidan online tarzda ishtirok etdi.

1566801
Erdo‘g‘an: “Turkiya, mintaqada va dunyoda muvozanatni aniqlay oladigan kuchga ega bo‘ldi”.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an Turkiyaning bugungi kunga kelib mintaqada va dunyoda muvozanatni aniqay oluvchi kuchga ega ekanini qayd etdi.

Prezident shuningdek Adolat va taraqqiyot partiyasi raisi Erdo‘g‘an partiyasining navbatdagi Duzje, Chorum, Amasya, Bartin va Karabuk viloyat kongresslariga Istanbuldagi Vahdettin ko‘shkidan online tarzda ishtirok etdi.  

Erdo‘g‘an unda so‘zlagan nutqida har doim yana - da ilgari qarab yo‘l oluvchi, yana - da ko‘p xizmat qiluvchi yirik loyihalarni yo‘lga qo‘yajaklarini ta’kidladi.

Turkiyaning xavfsizlikdan diplomatiyaga shaxdam qadam tashlaganini ta’kidlagan Erdo‘g‘an,

“Turkiya bugungi kunga kelib mintaqada va dunyoda muvozanatni aniqlay oluvchi kuchga ega bo‘ldi”. - deya gapirdi.

Orzularini amalga oshirish uchun faoliyat olib borishni davom etajaklarini ifoda etgan Erdo‘g‘an,

“Iqtisodiyot va huquq tarmog‘ida biz tashlaydigan islohot qadamlari ustidan ko‘rgan tayyorgarliklarimiz, xalqqa taqdim etish bosqichiga keldi”. - deya gapirdi.

Erdo‘g‘an shuningdek:

“Yana - da terang mazmundagi islohotlar uchun biz olib borgan faoliyatlarni ham vaqti kelganida xalqimiz bilan bo‘lishamiz”. - dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Prezident Erdo‘g‘an

Aloqador xabarlar