Akar, terrorga qarshi kurashda Iroq bilan har qanday hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdi

Hulusi Akar Iroq poytaxti Bog‘dodga amaliy tashrif uyushtirdi.

1566022
Akar, terrorga qarshi kurashda Iroq bilan har qanday hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirdi

Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, terrorga qarshi kurashda Iroq bilan har qanday hamkorlikka tayyor ekanliklarini qayd etdi.

Hulusi Akar Iroq poytaxti Bog‘dodga amaliy tashrif uyushtirdi. Akarga, Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab boshqarmasi raisi general Yashar Guler hamrohlik qilmoqda.

Avvalom bor Iroq Mudofaa vazirligida bo‘lgan Akar, harbiy marosim bilan kutib olindi.

Marosim ortidan Hulusi Akar bilan Iroq Mudofaa vaziri al - Juburi avvalom bor o‘zaro ortidan esa hay’atlararo uchrashuvlarga yetakchilik qildi. Unda, Turk Qurolli kuchlari Bosh shtab boshqarmasi raisi general Yashar Guler hamishtirok etdi.

Turkiya bilan Iroq o‘rtasida birodarlikka qaraganda ko‘proq qarindoshlik aloqalari borligini belgilab o‘tgan Akar, mintaqaning nozik bir davrdan o‘tayotganini yodga soldi.

Akar shuningdek,

“Mintaqamizdagi qiyinchiliklarin birgalikda yengishimiz mumkin. Har jihatdan dunyoning eng go‘zal geografiyasi bo‘lgan Yaqin Sharqni mintaqamizning tinchlik va xavfsizlik markaziga aylantirish imkonimiz bor. Iroqning hududiy yaxlitligi, mustaqillik, salomatlik va farovonligini hurmat qilamiz. Eng asosiysi Iroqning siyosiy ittifoqidir. Har doim samimiy ifoda etganimizdek, yagona maqsadimiz xalqimizning xavfsizligi bilan chegaralarimizni himoya qilib, tinch - totuv yashashdir. Haq - va manfaatlarimizni himoya qilishdir. Hech qaysi qo‘shnimizning tuprog‘ida ko‘zimiz yo‘q”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.

Iroqning shimolidagi terrorning, ikkala mamlakat uchun ham muhim xavf tashkil etayotganini ta’kidlagan Akar,

“PKK terror tashkilotiga qarshi kurashda hamkorlik va koordinatsiya alohida o‘ringa egadir. Shunday ekan Iroq bilan har qanday hamkorlikka tayyormiz”. - deya gapirdi.



Aloqador xabarlar