Erdo'g'an Turkiyaga 3 mln doza Xitoy vaksinasi olib kelinganligini ma'lum qildi

"Xitoydan 3 mln doza vaksina olib keldik. Maqsad buni 50 mln dozaga chiqarish. Bundan tashqari Germaniyadan ham shuncha miqdorda vaksina olib kelishni rejalayabmiz",-deb aytgan Erdo'g'an.

1555802
Erdo'g'an Turkiyaga 3 mln doza Xitoy vaksinasi olib kelinganligini ma'lum qildi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'an Turkiyaga 3 mln doza Xitoy vaksinasi olib kelinganligini ma'lum qildi.

Prezidentning ta'kidlashicha, 2020 yil butun insoniyat uchun o'ta mashaqqatli va azobga to'la sinovli yil bo'ldi. Butun dunyoni qamrab olgan koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish bo'yicha katta masofa bosib o'tildi.

"Xitoydan 3 mln doza vaksina olib keldik. Maqsad buni 50 mln dozaga chiqarish. Bundan tashqari Germaniyadan ham shuncha miqdorda vaksina olib kelishni rejalayabmiz",-deb aytgan Erdo'g'an.

Prezident Germaniya bilan hamkorlikda vaksina ishlab chiqarish bo'yicha rejalar borligini aytdi.

"Bu mavzuda TUBITAK ish olib bormoqda. Natija ijobiy. Ayni vaqtda Rossiya bilan ham faoliyat olib boryabmiz. Bundan tashqari, Turkiyaning mahalliy vaksinasini ishlab chiqarish bo'yicha faoliyatlarimiz davom etyabdi. Umid qilamanki, joriy etilgan chora-tadbirlar natijasida 2021 yil koronavirusni bartaraf etish yili bo'ladi",-deb aytgan Turkiya prezidenti.

 

 



Aloqador xabarlar