Mavlud Chavusho'g’li va Hulusi Akar Ukraina bosh vaziri bilan uchrashdi

“O’zaro savdo hajmimiz 5 mlrd dollarga yaqinlashdi. Maqsadimiz 10 mlrd dollarga chiqarish. Mamlakatlarimiz o’rtasida imzolangan erkin savdo shartnomasi ushbu maqsadga erishishimizda qulaylik yaratadi",-deb ma’lum qiladi Mavlud Chavusho'g’li twitterda.

1547925
Mavlud Chavusho'g’li va Hulusi Akar Ukraina bosh vaziri bilan uchrashdi
akar çavuşoğlu ukrayna1.jpg

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho'g’li va Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar Kiyevga tashrifi doirasida Ukraina bosh vazirlik qarorgohida mamlakat bosh vaziri Denis Shmigal bilan uchrashdi.

“O’zaro savdo hajmimiz 5 mlrd dollarga yaqinlashdi. Maqsadimiz 10 mlrd dollarga chiqarish. Mamlakatlarimiz o’rtasida imzolangan erkin savdo shartnomasi ushbu maqsadga erishishimizda qulaylik yaratadi. Energetikadan to mudofaa sanoatigacha bo’lgan ko’plab sohalarda hamkorligimizni yana-da rivojlantiramiz”,-deb ma’lum qiladi Mavlud Chavusho'g’li twitterda.

Milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar ham Turkiya va Ukraina munosabatlari 2011 yildan beri strategik sheriklik darajasiga ko’tarilganligini aytib, aloqalarning bugungi holatini mukammal deb baholadi.

U Turkiya va Ukraina prezidentlari Rajap Tayyip Erdo’g’an va Vladimir Zelenskiyning yaqin do’stligiga e’tibor qaratdi.

Turkiya va Ukraina o’rtasida mudofaa sanoati bo’yicha hamkorlikka to’xtalgan Hulusi Akar kelgusida ushbu soha bo’yicha o’zaro hamkorlikni yana-da yuqori bosqichga ko’tarish ikki davlat manfaatiga xizmat qilishini aytdi.

Mavlud Chavushog’li va Hulusi Akar shuningdek, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Ukrainadagi missiyasi rahbari Halit Chevik bilan uchrashdi. Tomonlar Donbasdagi vaziyatni muhokama qildi.

“Donbasdagi mojarolar diplomatik yo’l bilan hal qilinishi zarur. Minsk shartnomasi bu jarayonda o’z ijrosini ko’rsatishi kerak”,-dedi Mavlud Chavushog’li.

 

 

 



Aloqador xabarlar