Turkiya – Armaniston munosabatlarida yangi sahifa ochilishi mumkin

Prezident Erdo‘g‘an, Ozarbayjonga bo‘lgan tashrifidan qaytar chog‘ida jurnalistlarga bayonotlar berdi.

1543795
Turkiya – Armaniston munosabatlarida yangi sahifa ochilishi mumkin

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an,

“Armaniston ijobiy qadamlar tashlagudek bo‘lsa unda Turkiya – Armaniston munosabatlarida yangi sahifa ochilishi mumkin”. – dedi.

Prezident Erdo‘g‘an, Ozarbayjonga bo‘lgan tashrifidan qaytar chog‘ida jurnalistlarga bayonotlar berdi.

Qorabog‘ g‘alabasi bilan Kazkav tarixida yangi sahifa ochilganiga e’tibor qaratgan Erdo‘g‘an o‘z so‘zini quyidagicha davom etdi:

“Bundan buyon mintaqa tarixining yangi istiqomatda shakllanishiga ishonchim komil. Biz usitda ish olib borgan oltili (Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Eron, Gruziya va qabul qilgudek bo‘lsa Armaniston) platforma hamma uchun yutuqqa yetaklovchi tashabbusdir. Armaniston ham bu jarayonga qo‘shilib, ijobiy tusda qadamlar tashlagudek bo‘lsa unda Turkiya – Armaniston munosabatlarida ham yangi sahifa ochilishi mumkin. Yangi imkonlar tug‘ilganida shubhasiz bu yerda Armanistonning yutug‘i jiddiy ma’noda ortadi. Shunday ekan bu eng ko‘p Armanistonga foyda”.



Aloqador xabarlar