Erdo‘g‘an, AQShning Turkiyaga nisbatan yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan sanksiyalariga to‘xtaldi

Prezident Erdo‘g‘an, Ozarbayjonga bo‘lgan tashrifidan qaytar chog‘ida jurnalistlarga bayonotlar berdi.

1543803
Erdo‘g‘an, AQShning Turkiyaga nisbatan yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan sanksiyalariga to‘xtaldi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an,

“Amerika Qo‘shma Shtatlari (AQSh) ning CAATSA (Amerikaning sanksiyalar orqali dushmanlariga qarshi kurashish qonuni) bilan Turkiyani bir – biriga qarama – qarshi qilishi, NATO tarkibidagi sherigiga nisbatan hurmatsizlikdir”. – dedi.

Prezident Erdo‘g‘an, Ozarbayjonga bo‘lgan tashrifidan qaytar chog‘ida jurnalistlarga bayonotlar berdi.

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an, AQShning Turkiyaga nisbatan yo‘lga qo‘yishni rejalashtirgan sanksiya tahdidlari masalasida,

“Turkiya NATO tarkibidagi davlatdir. Amerika ham NATO tarkibiga kiradi. Qolaversa Turkiya, NATO tarkibidagi birinchi beshlikda o‘rin olgan muhim davlat hisoblanadi. Bu (Turkiya) shunchaki bir davlat degani emasdir. Ham hurmatli (Donald) Tramp, ham hurmatli (Barak) Obama davrida har doim maqtanish bilan “Turkiyadek NATO davlatiga egamiz” deyilar ekan bugungi kunga kelib Amerikaning CAATSA bilan Turkiyani bir – biriga qarama – qarshi qilishi, eng avvalo NATO tarkibidagi sherigiga nisbatan hurmatsizlikdir”. – degan ifodalarga o‘rin berdi.

“Amerikada prezidentlik vazifasini topshirish va uni qabul qilib olish marosimi bo‘lib o‘tgacha, vaziyatni yana – da ochiq – oydin ko‘rishimiz mumkin. Shunday ekan hozircha vazifamiz, “men sabera zafera” (sabr qilgan g‘alabaga erishadi), sabr qilib, ko‘ramiz”. – dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Prezident Erdo‘g‘an , #CAATSA , #AQSh

Aloqador xabarlar