Turkiya prezidenti Erdo’g’an bugun Ozarbayjonga jo'nab ketadi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an ertaga, 10 dekabr kuni Ozarbayjon poytaxti Bakuda Tog‘li Qorabog‘dagi g‘alaba sharafiga o’tkaziladigan harbiy paradda ishtirok etadi.

1542069
Turkiya prezidenti Erdo’g’an bugun Ozarbayjonga jo'nab ketadi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an bugun Ozarbayjonga ziyorat amalga oshiradi.

Mazkur ziyorat Tog‘li Qorabog‘dagi urushga yakun yasagan sulh bitimidan so‘ng, Erdo’g’an va Ilhom Aliyevning ilk yuzma-yuz uchrashuvi bo’ladi.

Erdo’g’anning poytaxt Bakuga tashrifi ikki kun davom etadi.

Bo’lib o’tadigan uchrashuv va muzokaralarda Turkiya-Ozarbayjon o’rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar va Tog’li Qorabog’dagi vaziyat muhokama qilinadi.

Prezidentlar Tog’li Qorabog’da imzolangan kelishuvdan so’ng, sulh bitimi ijrosini kuzatib borish maqsadida tashkil etilgan Turkiya-Rossiya qo’shma markazi bo’yicha faoliyatlarni ko’zdan kechiradi.

Shuningdek, muzokaralarda Turkiya va Ozarbayjon birgalikda tashlaydigan qadamlar va kelgusidagi rejalar bo’yicha fikr almashiladi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an ertaga, 10 dekabr kuni Ozarbayjon poytaxti Bakuda Tog‘li Qorabog‘dagi g‘alaba sharafiga o’tkaziladigan harbiy paradda ishtirok etadi.



Aloqador xabarlar