Turkiyada yana 2 terrorist ko‘ndirish yo‘li orqali xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘ldi

Turkiyada PKK terror tashkilotiga a’zo yana 2 terrorist ko‘ndirish yo‘li orqali xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘ldi.

1541304
Turkiyada yana 2 terrorist ko‘ndirish yo‘li orqali xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘ldi

Ichki Ishlar vazirligi PKK terror tashkilotiga a’zo yana 2 terroristning ko‘ndirish yo‘li orqali taslim bo‘lganini ma’lum qildi.

Vazirlik tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra terror tashkiloti a’zolarining ko‘ndirish yo‘li orqali taslim bo‘lishlari davom etmoqda.  

Shu doirada Ichki Ishlar vazirligi bilan hamkorlikda Milliy Politsiya idorasi va Jandarmeriya qo‘mondonligi tomonidan olib borilgan faoliyatlari natijasida PKK terror tashkilotidan qochgan yana 2 tashkilot a’zosi, xavfsizlik kuchlariga taslim bo‘ldi.

Tashkilot a’zolarining 1993 - 2016 yillar orasida terror tashkiloti tarkibiga qo‘shilganligi va Turkiya, Suriya shuningdek Iroqda faoliyat olib borganliklari aniqlandi.  

Yil mobaynida ko‘ndirish yo‘li orqali PKK/ KJK terror tashkilotidan qochish orqali taslim bo‘lganlar soni 225 nafarga yetdi.

 



Aloqador xabarlar