Turkiya Gretsiya bilan muammolarini tinch yo’l bilan hal qilish tarafdori

“Gretsiya Turkiya bilan bo’lgan o’zaro muammolarini boshqalardan madad kutgan holda emas, balki Turkiyaning o’zi bilan muzokara orqali hamkorlikda hal qilishi mumkin”,-deb aytgan Hami Aksoy.

1540763
Turkiya Gretsiya bilan muammolarini tinch yo’l bilan hal qilish tarafdori

 

Turkiya Gretsiya bilan muammolarini tinch yo’l bilan hal qilish tarafdori ekanligini ma’lum qildi.

Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vazirligi kotibi Hami Aksoy ma’lum qildi.

U Gretsiya matbuotida tarqalgan “Turkiya Egey va O’rta yer dengizidagi harbiy faoliyatlarini jadallashtirganligi” haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Hami Aksoy ushbu xabarlar haqiqatdan yiroq ekanligini ta’kidladi.

“Aksincha, Gretsiyaning o’zi 20 oktyabrdan boshlab, Egey va O’rta yer dengizida 24 ta harbiy faoliyat o’tkazishini e’lon qilib, mintaqada taranglik keltirib chiqarishga urinmoqda”,-deb aytgan Hami Aksoy.

U Gretsiya 9 oktyabrdan buyon NATO tomonidan rejalashtirilgan yig’ilishlarda ham ishtirok etmaganligiga e’tibor qaratdi.

“Gretsiya Turkiya bilan bo’lgan o’zaro muammolarini boshqalardan madad kutgan holda emas, balki Turkiyaning o’zi bilan muzokara orqali hamkorlikda hal qilishi mumkin”,-deb aytgan Hami Aksoy.


Tanlangan kalimalar: #Gretsiya , #Turkiya

Aloqador xabarlar