Hulusi Akar Afg’oniston milliy yarashuv oliy kengashi raisi Abdulla Abdulla bilan uchrashdi

Afg’oniston milliy yarashuv oliy kengashi raisi Abdulla Abdulla boshchiligidagi Afg‘oniston Islom Respublikasi delegatsiyasi Turkiyaga tashrif buyurdi.

1530682

Tashrif doirasida Turkiya Respublikasi milliy mudofaa vaziri Hulusi Akarning Abdulla Abdulla bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bu haqda Turkiya milliy mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida turli sohalardagi ko‘p qirrali Turkiya-Afg‘oniston munosabatlarining joriy holati va aloqalarni yanada faollashtirish istiqboli muhokama qilindi.

Afg‘onistonda mustahkam tinchlik o‘rnatish hamda mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashning muhim jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Hulusi Akarning ta’kidlashicha, Turkiya Afg’onistonda tinchlik o’rnatish tashabbuslarini qo’llab-quvvatlaydi. Afg’onistonga bundan keyin ham yordam berishda davom etadi.

Tanlangan kalimalar: #Abdulla Abdulla , #Afg'oniston , #Turkiya

Aloqador xabarlar