TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda
Turk Qurolli kuchlarining (TQK) terrorga qarshi kurashi, mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.
![TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda](http://cdn.trt.net.tr/images/xlarge/rectangle/140b/3a0e/76af/5f0bf9002d7b9.jpg?time=1719146614)
Suriyada “Firot qalqoni” amaliyoti olib borilgan hududga sizib kirishga uringan PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 6 terrorist yo‘q qilindi.
Milliy Mudofaa vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda,
“Tinch va xavfsiz muhitni buzish uchun Firot qalqoni amaliyoti olib borilgan hududga sizib kirishga uringan PKK/ YPG terror tashkilotiga a’zo 6 terrorist, yo‘q qilindi”. – degan ifodalarga o‘rin berildi.
Shuningdek, Suriya chegaralaridan noqonuniy yo‘llar orqali boshpana izlagan oilalar orasiga aralashib, Turkiyaga kirgan va yirik shaharlarda katta hujum uyushtirihsni ko‘zlagan suriyalik 3 terrorist, Mardinda nazorat ostiga olindi.
Terroristlar kirgan chegara mintaqasidagi qidiruvda, xalta ichidagi tagliklar orasiga yashiringan va quvirga o‘xshash bomba topildi. Terroristlar, yuborilgan sud organlari tomonidan nazoratga olindi.