TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

TQKning terrorga qarshi kurashi mamlakatda bo‘lganidek qo‘shni davlatlarda ham davom etmoqda.

1529247
TQKning terrorga qarshi kurashi davom etmoqda

Suriyada “Firot qalqoni” amaliyoti olib borilgan al – Bob va Jarablus shaharlarida PKK/ PYD/ YPG va DEASh terror tashkilotiga a’zo 3 shubhali qo‘lga tushdi.

Gaziantep shahar hokimligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotda, al – Bob va Jarablus shaharlaridagi mahalliy xavfsizlik kuchlari guruhiga, shahar hokimligi koordinatsiyasi ostida maslahat xizmati berilgani yodga solindi.

Bayonotda quyidagi ifodaga orin berildi:

“Manbij mintaqasida 2014 – 2016 yillari orasida DEASh terror tashkiloti a’zosi sifatida, 2016 – yilidan e’tiboran esa PKK/ YPG/ PYD terror tashkiloti a’zosi sifatida faoliyat olib borgani aniqlangan G.H, al – Bobga qarashli Bzaa – Razi mahallasidagi uyda mahalliy xavfsizlik xizmati tomonidan yo‘lga qo‘yilgan sud qidiruv chog‘ida qo‘lga tushgandi. Huddi ana shu tashkilotga xizmat qilgani aniqlangan M.H. esa al – Vilat mahallasida qo‘lga tushdi. Jarablus shahrida esa terror tashkiloti DEAShga a’zo M.E.M. tashkilotning hujra uyida qo‘lga tushdi. Uydagi qidiruv faoliyati natijasida, ko‘plab qurol va uyali telefoni topildi”.

Shuningdek, Mardinda PKK terror tashkilotiga a’zo terroristlar tomonidan foydalanilgan boshpanada tirikchilik ashyolari qo‘lga kiritildi.

Ichki xavfsizlik amaliyotlari doirasida, viloyat jandarmeriya qo‘mondonligi tomonidan O‘meryanda “Shahid Mehmet Ajar” amaliyoti uyushtirildi.

Unda beti toshlar bilan yashirilgan boshpana aniqlandi.  

Amalga oshirilgan tekshiruv natijasida tashkilot a’zolariga oid kiyim – kechak, shaxsiy tozalik vositalari bilan turli oziq – ovqat mahsulotlari topildi.

Dalil tusidagi ashyolar saqlab qo‘yilar ekan, qo‘lga kiritilgan boshqa narsalar esa foydalanishdan chiqarildi.   



Aloqador xabarlar