Mavlud Chavusho’g’li:"Armaniston sulh rejimini takror buzadigan bo’lsa, oqibatiga chiqaydi"

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Ozarbayjonga tashrifi doirasida Bakuda matbuot anjumani o’tkazdi. U Tog’li Qorabog’da Ozarbayjon va Armaniston o’rtasida tuzilgan sulh bitimiga munosabat bildirdi.

1526548
Mavlud Chavusho’g’li:"Armaniston sulh rejimini takror buzadigan bo’lsa, oqibatiga chiqaydi"

 

Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li Ozarbayjonga tashrifi doirasida Bakuda matbuot anjumani o’tkazdi.

Tog’li Qorabog’da Ozarbayjon va Armaniston o’rtasida tuzilgan sulh bitimiga munosabat bildirgan Mavlud Chavusho’g’li: “Sulh bitimi matnida Armaniston bosh vazirining imzosi bor. Agar sulh rejimini takror buzadigan bo’lsa, buning oqibatiga chiqaydi”,-dedi.

“Avvalombor, qahramon Ozarbayjon qo’shinini, qardosh Ozarbayjon xalqini va prezident Ilhom Aliyevni g’alaba bilan tabriklayman! Jang maydonidagi g’alabadan so’ng Ozarbayjon, Armaniston va Rossiya o’rtasida sulh bitimi imzolandi. Shu kungacha sulh rejimini buzgan tomon har safar Armaniston bo’ldi. Ozarbayjon har safar mojarolarni tinch yo’l bilan hal qilish tarafdori ekanligini ma’lum qildi”,-deb aytgan Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chavusho’g’li.

Uning ta’kidlashicha, Fransiya bu jarayonda Armanistonni qo’llab quvvatlagan holda tinchlik o’rnatish bo’yicha sa’y-harakatlarga rahna solmoqchi bo’ldi.

“Minsk guruhi bu jarayondan ibrat olishi kerak. Ayniqsa, Fransiya. Sulh bitimi imzolanganda ham bir tomonlama bayonotlar bilan chiqdi. Sulh bitimi matnida Armaniston bosh vazirining imzosi bor. Agar, sulh rejimini takror buzadigan bo’lsa, natijasiga chiqaydi”,-deb aytgan Mavlud Chavusho’g’li.

Turkiya Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni nazorat qilish bo‘yicha Rossiya bilan kelishuvga erishganini ma'lum qilgan Mavlud Chavusho’g’li:

“Hujjat Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusi Akar va Rossiya mudofaa vaziri Sergey Sho’ygu tomonidan imzolandi. Kelishuvda Rossiyaning ro’liga ahamiyat beramiz. Ertaga Rossiyadan keladigan delegatsiya bilan masalani batafsil muhokama qilamiz. Turkiya-Rossiya qo’shma markazi faoliyatlari ertaga bo’ladigan yig’ilishda ma’lum bo’ladi. Rossiyaning ro’li qanday bo’lsa, Turkiyaning ro’li ham shunday bo’ladi. Rejimni nazorat qilish va kuzatish ishlari olib boriladi. Agar, sulh rejimi buzish holatlari kuzatilganda darhol qaydga olinadi va hisobot tayyorlanadi. Umid qilamanki, sulh bitimi mintaqada mustahkam tinchlik va barqarorlikka zamin yaratadi. Qanday bo’lmasin Ozarbayjon bilan birgamiz!”,-dedi.



Aloqador xabarlar