Turkiya va Rossiya Qorabog'da sulh rejimini nazorat qiladi

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Prezidentlar suhbat chog’ida Turkiya-Rossiya munosabatlari va Tog’li Qorabog’da bo’layotgan hodisalarni muhokama qildi.

1525495
Turkiya va Rossiya Qorabog'da sulh rejimini nazorat qiladi

 

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Turkiya prezidenti ma'muriyatining kommunikatsiyalar bo‘yicha departamenti ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, prezidentlar suhbat chog’ida Turkiya-Rossiya munosabatlari va Tog’li Qorabog’da bo’layotgan hodisalarni muhokama qildi.

Erdo‘g‘an suhbat davomida Qorabog‘dagi ixtilofni to‘xtatish haqida qabul qilingan kelishuvni to‘g‘ri qadam deb baholagan.

Shu bilan birga, Turkiya va Rossiyaning hamkorlikdagi sa’y-harakatlari bilan qo’lga kiritilgan ushbu fursatni mintaqada doimiy tinchlik o’rnatish yo’lida qo’llash zarurligini ma’lum qildi. Prezidentning ta'kidlashicha, bu jarayonda eng muhim masala Armaniston tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish rejimi va kelishuv doirasidagi boshqa majburiyatlarga amal qilishi hisoblanadi. 

Erdo’g’anning ta’kidlashicha, tinchlikparvar kuchlar kontingenti Tog‘li Qorabog‘dagi tutashuv chizig‘i bo‘ylab joylashtiriladi. Hududda sulh rejimini kuzatish uchun Rossiya-Turkiya qo‘shma markazi tashkil etiladi. Rossiya-Turkiya qo‘shma tinchlikparvar missiyasi mojaroli hududda kuzatish va nazorat qilish ishlarini olib boradi. Shu sababli, Rossiyaning zimmasiga katta mas’uliyat yuklangan.

Erdo’g’an ayni vaqtda Armaniston ishg’oli tufayli Qorabog’ni tark etishga majbur bo’lgan Ozarbayjon aholisining uylariga qaytib kelishiga sharoit yaratilishi, bu jihatdan Ozarbayjon-Naxechevan o’rtasida o’tish yo’lagi tashkil qilishi muhim ekanligini ta’kidladi.

Bundan tashqari, prezidentlar suhbat davomida Rossiya va Turkiyaning Suriyadagi munosabatlarini ham muhokama qilgan.



 



Aloqador xabarlar