Bugun Turkiya Respublikasining asoschisi, Mustafo Kamol Otaturk vafotiga 82 yil to'ldi

Bugun Turkiya Respublikasining asoschisi, G‘oziy Mustafo Kamol Otaturkning vafotining 82 – yilligi.

1525031
Bugun Turkiya Respublikasining asoschisi, Mustafo Kamol Otaturk vafotiga 82 yil to'ldi
10 kasim anma.jpg
10 kasim anma1.jpg
erdogan anitkabir.jpeg
10 kasim anma2.jpg
erdogan anitkabir1.jpeg

Bugun Turkiya Respublikasining asoschisi, G‘oziy Mustafo Kamol Otaturkning vafot etganiga 82 – yil to‘ldi.

Boshlatgan Ozodlik kurashi (1919-1923) orqali avvalom bor Anado‘luni ishg‘oldan qutqargan, ortidan har sohada yo‘lga qo‘ygan islohotlari yordamida zamonaviy Turkiyaning tamal toshini qo‘ygan ulug‘ rahbar xotirasiga atab, 82 yil muqaddam ko‘z yumgan (mahalliy) soat 09:05 da mamlakatda hayot to‘xtadi. Yurttoshlarning hammasi bir daqiqalik sukut saqladi.

Bugun huddi ana shu daqiqalarda davlat rahbari Erdo‘g‘an, hamrohligidagi hay’at bilan Anitqabrni ziyorat qildi.

Unda maxsus daftarchaga qo‘l qo‘ygan Erdo‘g‘an,

“Xalqimizning borlik – yo‘qlik kurashini g‘alaba bilan natijalagan, bizlarga mustaqil va erkin davlat qoldirgan G‘oziy Mustafo Kamol va qahramon qurolli do‘stlari xalqimiz tomonidan hayir ila yod etiladi. Shahidlarimizning fidokorliklari ustiga tashkil topgan respublikamizni abadiy yashatib, kelajak avlodlarga bundan ham obod, kuchli, obro‘li o‘lka qoldirish uchun faoliyat olib borishni davom etamiz. Ruhing shod bo‘lsin.” – degan satrlar qayd etdi.  

Ortidan Anitqabr, yurttoshlar ziyoratiga ochildi. Bundan 82 yil oldingi qayg‘uni bugundek qalbida tashigan minglab kishi, Otaning, Otaturkning huzuriga yo‘l oldi.



Aloqador xabarlar