Chavusho‘g‘lu, Tahiri va Selakovich bilan alohida – alohida uchrashuv o‘tkazdi

Mevlut Chavusho‘g‘lu, Kosova Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Tahiri va Serbiya Tashqi Ishlar vaziri Selakovich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

1522875
Chavusho‘g‘lu, Tahiri va Selakovich bilan alohida – alohida uchrashuv o‘tkazdi
cavusoglu selakovic.jpg

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu Kosova Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Besnik Tahiri va Serbiya Tashqi Ishlar vaziri Nikola Selakovich bilan alohida – alohida uchrashdi.

Chavusho‘g‘lu bugun Turkiyaning Antaliya shahrida uyushtiriladigan Janubi - sharqiy Yevropa hamkorligi jarayoni norasmiy tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ishtirok etish uchun shaharga tashrif buyurgan Kosova Bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Tahiri va Serbiya Tashqi Ishlar vaziri Selakovich bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tahiri bilan bo‘lgan uchrashuvi haqida Twitter hisobi orqali post qoldirgan Chavusho‘g‘lu,

“Ikki tomonli va mintaqaviy masalalarni qo‘lga oldik. Qardosh Kosova xalqining hissiyotini bo‘lishamiz. (Prezident Hoshim Tachining iste’foga chiqishi) Adolatning qaror topishiga ishonchimiz komil. Qardosh Kosovani qo‘llab – quvvatlashni davom etamiz.” – degan ifodalarga o‘rin berdi.

Kosova Prezidenti Tachi kecha Haagadagi Kosova maxsus prokuraturasi tayyorlagan harbiy jinoyatlarni sodir etish to‘g‘risidagi ayblovlarning sud tomonidan qabul qilinishi ortidan, o‘z iste’fosini e’lon qilgandi.

Chavusho‘g‘lu serbiyalik kasbdoshi bilan bo‘lgan uchrashuvi haqida esa yangi vazifasi tufayli Selakovichni yana bir bor tabriklab uchrashuv haqida,

“3 – Oliy darajali hamkorlik kengashi yig‘ilishi haqidagi tayyorgarliklarni qo‘lga oldik. Iqtisodiy, transport va ta’lim sohalarida hamkorligimizni orttiramiz.” – deya gapirdi.



Aloqador xabarlar