Izmirdagi 6.6 magnitudali yer silkinishi ortidan 1944 aftershok qayd etildi

Izmirda 30 - oktabr kuni yuz bergan 6.6 magnitudali yer silkinishi ortidan 1944 aftershok qayd etildi.

1522192
Izmirdagi 6.6 magnitudali yer silkinishi ortidan 1944 aftershok qayd etildi

Izmirdagi yer silkinishi yuzasidan bugungacha 114 kishi halok bo‘ldi. Voqeada tan jarohati olgan 1035 kishidan 999 nafari kasalxonadan chiqarildi, 36 nafari esa shifokorlar nazoratida.

Ichki Ishlar vazirligi qoshidagi Tabiiy Ofat va favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha yetakchilik tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, 30 – oktabrdagi yer silkinishi ortidan 46 tasining kuchi 4 magnitudadan yuqori jami 1 ming 944 aftershok yer silkinishi qayd etilgan.

Shaharda qidiruv va qutqaruv faoliyatlari tamomlandi. Hozirda yiqilgan binolar o‘rnini tozalash ishlari sinchkovlik bilan davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Izmir , #aftershok , #yer silkinishi

Aloqador xabarlar