Mustafa Shentop va hamrohligidagi hay’at Ozarbayjonga amaliy tashrif uyushtirmoqda

TBMM raisi Mustafa Shentop va hamrohligidagi hay’at Ozarbayjonga amaliy tashrif uyushtirmoqda.

1510430
Mustafa Shentop va hamrohligidagi hay’at Ozarbayjonga amaliy tashrif uyushtirmoqda

Turkiya Buyuk Millat Majlisi (TBMM) raisi Mustafa Shentop va hamrohligidagi parlament hay’ati 18 – 20 oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘ladi.

TBMM tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra Shentop ushbu tashrifini, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan amalga oshiradi.

Ozarbayjon Respublikasining mustaqillik kuni bo‘lgan 18 – oktabrda boshlaydigan ushbu tashrifda Mustafa Shentop 19 – oktabr kuni Prezident Ilhom Aliyev tomonidan qabul qilinadi. Huddi shu kuni bir qator rasmiy uchrashuvlar amalga oshirmoqchi bo‘lgan Shentop, 20 – oktabr kuni Ozarbayjon Milliy majlisiga xitob etadi.  

Ozarbayjonga bo‘lgan ikki kunlik amaliy tashrifi haqida gapirgan Shentop quyidagilarni qayd etdi:

“Bokuga bo‘lgan tashrifimizda o‘zimiz bilan birga Turkiyaning qo‘llab – quvvatlashini olib kelganimizni va Ozarbayjon bizdan qachon va qanday masalada yordam so‘rasa  ular uchun hammasini qilishga tayyorligimizni yana bir bor ta’kidlaymiz. Bir millat, ikki davlat sifatida davlatimiz bilan quvonchimiz o‘rtoqdir. Mintaqadagi tinchlik, huzur va adolatning xalqaro huquq asosida hukm surishi Turkiyaning yakkayu – yagona maqsadidir.”  

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #TBMM , #Ozarbayjon , #Mustafa Shentop

Aloqador xabarlar