Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy Turkiyaning Iroqdagi elchisini qabul qildi

Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy uchrashuvdan so'ng bergan bayonotida Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an tomonidan Anqaraga taklif qilinganligini ma’lum qildi.

1509369
Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy Turkiyaning Iroqdagi elchisini qabul qildi

 

Iroq bosh vazirlik matbuot xizmati ma’lum qilishicha, Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy Turkiyaning Iroqdagi favqulodda va muhtor elchisi Fotix Yildizni hukumat saroyida qabul qildi.

Qabul chog’ida ikki davlat o’rtasida barcha sohalar bo’yicha ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko’rib chiqildi. Turk elchi Fotix Yildiz Mustafo al-Kozimiyga Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo'g'anning salomini va taklifnomasini yetkazdi.

Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy uchrashuvdan so'ng bergan bayonotida Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an tomonidan Anqaraga taklif qilinganligini ma’lum qildi.

“Bugun Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kozimiy tomonidan qabul qilindim. Iroq bilan har tomonlama munosabatlarimizni rivojlantirish bo’yicha qat’iy irodaga ega ekanimizni tilga oldim”,-deb ma’lum qiladi turk elchi Fotix Yildiz.

 


Tanlangan kalimalar: #Mustafo al-Kozimiy , #Iroq , #Turkiya

Aloqador xabarlar