Mustafo Shento’p Armanistonni tinch aholiga hujum qilganlikda aybladi

Mustafo Shento’p:"Armaniston tinch aholiga hujum qilmoqda. Hujumlarda to’g’ridan tinch aholi nishonga olinmoqda. Bu bilan Armaniston urush jinoyatiga qo’l urmoqda va shu sababli xalqaro maydonda sudlanishi zarur. Armaniston endilikda global muammodir".

1507130
Mustafo Shento’p Armanistonni tinch aholiga hujum qilganlikda aybladi

 

Turkiya Oliy majlisi rahbari Mustafo Shento’p Armanistonni tinch aholiga hujum qilganlikda aybladi.

Uning fikricha, Armaniston endilikda global muammoga aylanib bormoqda.

Mustafo Shento’p twitter orqali “Ozarbayjon bilan Armaniston o’rtasida Moskvada tuzilgan o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvga qaramay, Armaniston hamon tinch aholi punktlariga hujum qilmoqda. Hujumlarda to’g’ridan tinch aholi nishonga olinmoqda. Bu bilan Armaniston urush jinoyatiga qo’l urmoqda va shu sababli xalqaro maydonda sudlanishi zarur. Armaniston endilikda global muammodir”,-deb ma’lum qildi.

Ma’lumki, Ozarbayjon va Armaniston 10 oktyabr kuni soat 12:00dan boshlab Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risida kelishib olgandi.

Bunga ko’ra, harbiy asirlarni va ushlab turilgan boshqa shaxslarni hamda halok bo‘lganlarning jasadlarini almashtirish va Xalqaro qizil xoch mezonlariga muvofiq gumanitar maqsadlarda 2020 yil 10 oktyabr soat 12:00dan boshlab o‘t ochishni to‘xtatish e'lon qilinadi.

Armaniston qo’shini o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuvdan 24 soat o’tmay, Ozarbayjonning Ganja shahriga raketa hujumini sodir qildi. Hujumda 9 nafar tinch aholi vakili halok bo’ldi, 34 kishi jarohatlandi.


Tanlangan kalimalar: #Ozarbayjon , #Armaniston , #Turkiya

Aloqador xabarlar