Chavusho‘g‘lu, "Ishg‘olchi bilan adolatsizlikka uhcragan o‘lka bir tutilmasligi kerak."

Mevlut Chavusho‘g‘lu kasbdoshi Jayhun Bayramov bilan Tog‘li Qorabog‘dagi oxirgi vaziyat bilan kun tartibidagi mintaqaviy va xalqaro masalalar ustidan fikr almashdi.

1503906
Chavusho‘g‘lu, "Ishg‘olchi bilan adolatsizlikka uhcragan o‘lka bir tutilmasligi kerak."
cavusoglu-bayramov.jpg
cavusoglu-aliyev1.jpg
cavusoglu-aliyev.jpg

Tashqi Ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘lu ishg‘olchi bilan adolatsizlikka uhcragan o‘lka Ozarbayjonning bir emasligini butun dunyo tushinishi kerakligini qayd etdi.

Amaliy tashrif bilan bugun Ozarbayjonda bo‘lgan Mevlut Chavusho‘g‘lu poytaxt Bokuda Prezident Ilhom Aliyev tomonidan qabul qilindi.

Unda Ozarbayjon Tashqi Ishlar vaziri Jayhun Bayramov, Turkiya Buyuk Millat majlisi Turkiya – Ozarbayjon Parlamentlararo do‘stlik guruhi rahbari Shamil Ayrim va Turkiyaning Bokudagi elchisi Erkan O‘zoral ham ishtirok etdi.

Mevlut Chavusho‘g‘lu kasbdoshi Jayhun Bayramov bilan Tog‘li Qorabog‘dagi oxirgi vaziyat bilan kun tartibidagi mintaqaviy va xalqaro masalalar ustidan fikr ham almashdi.

Uchrashuv ortidan ikkala vazir mushtarak matbuot anjumani uyushtirdi.

Yana bir bor Turkiyaning Ozarbayjonni qo‘llab – quvvatlashini ko‘rsatish maqsadida bugun Ozarbayjonda ekanini eslatib o‘tgan Chavusho‘g‘lu,

“Har doim qardosh Ozarbayjonning yonidamiz. Butun dunyoga yana bir bor shuni aytib o‘tmoqchimiz, Tog‘li Qorabog‘ Ozarbayjonningdir.” dedi.

Chavusho‘g‘lu, chorasiz qolgan Armanistonning tinch aholi turar – joy punktlariga qarshi hujum qila boshlagani va buning insonlikka qarshi uyushtirilgan jinoyatligini ta’kidladi.

Chavusho‘g‘lu bu vaziyatning Armaniston duch kelgan chorasizlik ko‘rsatkichi ekanini ifoda etdi.

Minsk o‘lkalarining, ishg‘olchi (Armaniston) bilan adolatsizlikka duch kelgan Ozarbayjonni bir xil ko‘rganiga e’tibor qaratgan vazir,

“Bunday davom etmasligini, butun dunyo anglab yetishi darkor.” dedi.

Bu muammoning tinchlik yo‘li bilan hal qilinishi uchun har qanday say – harakatni qo‘llab – quvvatlaganliklarini eslatib o‘tgan Chavusho‘g‘lu,

“Bu jarayonda Ozarbayjonning haqli kurashini tushintirishdan charchamaymiz. Butun dunyoning haqlilar yonida bo‘lishi, haqiqatlarni ayta olishlari uchun kurashimizni davom etamiz” deya gapirdi.

Bayramov esa Armaniston davlatining terrorist fikriga ega ekanini va maqsadlariga erishish uchun qizil chiziqlari yo‘qligini ta’kidladi.



Aloqador xabarlar