MMV: “OQK, bugungacha 22 ta turar – joy punktini Armaniston ishg‘olidan qutqardi.”

Milliy Mudofaa vazirligi Ozarbayjon Qurolli kuchlarining bugungacha 22 ta turar – joy punktini Armaniston ishg‘olidan qutqarganini ma’lum qildi.

1502987
MMV: “OQK, bugungacha 22 ta turar – joy punktini Armaniston ishg‘olidan qutqardi.”

Milliy Mudofaa vazirligi Ozarbayjon Qurolli kuchlarining bugungacha 22 ta turar – joy punktini Armaniston ishg‘olidan qutqarganini ma’lum qildi.

Ozarbayjonning ishonchli manbaalariga tayangan MMVning bu haqidagi bayonotida, Jabroil viloyati bilan Karahanbeyli, pastgi Seyitahmetli, Mehdili, pastgi Maralyan, Kuyjak, KendHoradiz, Chakirli, Buyuk Merjanli, Sheybey, Talish, Karkulu, Shukurbeyli, Yuqori Maralyan, Jereken, Dashkesen, Horovlu, Dejan, Mahmutlu, Jaferabat, Sugavushan va Papi qishloqlari bosh bo‘lish bilan birga jami 22 ta turar – joy punktining ishg‘oldan qutqarilgani qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz:

Armaniston – Ozarbayjon jabha liniyasida 27 – sentabr kuni ertalab, Armaniston kuchlarining Ozarbayjon tinch – aholi turar – joy punktiga qarshi o‘q uzishi natijasida to‘qnashuv boshladi. Ozarbayjon qo‘shini unga javob tariqasida hujum boshlatar ekan natijada ba’zi turar – joy punktlari ishg‘oldan qutqarildi.

Shuningdek, Armaniston armiyasi Ozarbayjondagi tinch aholi turar – joy punktlariga qarshi hujumlarini davom ettirmoqda.

Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston qo‘shinining Ozarbayjondagi Beylegan, Berde va Terter shaharlariga qarshi hujum uyushtirganini ma’lum qildi.



Aloqador xabarlar