Prezident Erdo‘g‘an, BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilishga chaqirdi

Prezident Erdo‘g‘an, BMTning tashkil topishining 75 – yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tantanali yig‘ilishga videomurojaat yo‘lladi.

1494987
Prezident Erdo‘g‘an, BMT Xavfsizlik kengashini isloh qilishga chaqirdi

Prezident Rajap Tayyip Erdo‘g‘an,

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimi to‘qnashuvlarning oldini olishda ham, boshlagan to‘qnashuvlarni to‘xtatishda ham samarali bo‘la olmayapdi.” dedi.

Prezident Erdo‘g‘an, BMTning tashkil topishining 75 – yilligi munosabati bilan uyushtirilgan tantanali yig‘ilishga videomurojaat yo‘lladi.

Unda, BMT tizimini qayta faollashtirish uchun Xavfsizlik kengashini isloh qilish zarurligini ta’kidlab,

“Ilgari surilgan ideallarga qaramay (BMT) tizimi to‘qnashuvlarning oldini olishda ham, boshlagan to‘qnashuvlarni to‘xtatishda ham samarali bo‘la olmayapdi.” deya gapirdi.

Yetti millarddan ortiq insonning taqdirini 5 ta davlat ixtiyoriga tashlab qo‘yuvchi kengash tuzilmasi, adolatli bo‘lmaganidek barqaror ham emasligini ta’kidlagan Erdo‘g‘an, o‘tgan asr ehtiyojlariga javob bergan holda shakllantirilgan tuzilmalar bilan bugungi sinovlarni yengish imkonsiz ekanligi hammaga ma’lum bo‘lganini ifoda etdi. 

Erdo‘g‘an shuningdek,

“Demokratik, shaffof, hisob bera oladigan, faol va adolatli vakillikka tayangan kengash tashkil etish, insonlik uchun tanlovga qaraganda ko‘proq majburiyatga aylandi.” degan holda,

“Qit’alarni bir – biriga birlashtiruvchi nuqta hisoblangan Istanbulning Birlashgan Milatllar markaziga aylanishi ham global tinchlik va barqarorlik say – harakatlariga yordam beradi.” dedi.

BMTning 75 – Bosh assambleyasi prezidentligi vazifasini tajribali diplomat va siyosatchi Volkan Bozkirning o‘z zimmasiga olishining Turkiya uchun ham iftihor ham da xalqaro hamjamiyat jihatidan katta imkon ekanligini eslatib o‘tgan Erdo‘g‘an o‘ z so‘zini “Turkiyaga ko‘rsatgan tavajjuhingiz uchun minnatdorchilik bildiraman.” deb yakunladi.



Aloqador xabarlar